Olim

SHADIYEVA GULNORA MARDIYEVNA

Iqtisod fanlari doktori, professor

Shadiyeva Gulnora Mardiyevna, iqtisod fanlari doktori, professor.



1960-yil Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida tug‘ilgan. Oliy va oʻrta maxsus ta’lim fidoyisi. G.M.Shadiyeva 1978-yili Kattaqoʻrgʻon shahridagi 2-son oʻrta maktabni oltin medal bilan bitirgan. 1983-yil Toshkent Xalq xoʻjaligi institutini “Iqtisodiy axborotni mexanizatsiya asosida tashkil etish” ixtisosi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tugatib, ish faoliyatini Kattaqoʻrgon tijorat texnikumida oʻqituvchilikdan boshlagan. Soʻngra shu texnikumda boʻlim boshligʻi, direktor oʻrinbosari, direktor lavozimlarida ishlagan. 2007-2009-yillar iyulidan Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 2006-2009-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, 2013-2014 yy. - Toshkent shahridagi kasb-hunarga oʻqitish markazi, malaka oshirish, 2015-2016-yillarda - Toshkent mehmonxona xoʻjaligi va servis kasb-hunar kollejida oʻqituvchi, 2017-2018-yillarda - Geologiya tarmogʻi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha maslahatchi, 2019-2020-yillarda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti oʻquv uslubiy boʻlimi boshligʻi, 2019-2020-yillarda -Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, “Yoʻl xoʻjaligi iqtisodiyoti va uni tashkil etish” kafedrasi professori, 2020 – 2021 – yillarda Toshkent Davlat Transport Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi professori lavozimida ishlab kelgan.



G.M.Shadiyeva Samarqand Iqtisodiyot va servis institutida 1998-yildan buyon aspirant – tadqiqotchi, kafedra filiali mudiri, doktorant– tadqiqotchi, dotsenti va professori vazifalarida ishlab kelmoqda. U tashabbuskor, izlanuvchi rahbar va pedagog sifatida oʻquv tarbiyaviy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda jonbozlik bilan faoliyat koʻrsatgan. Fanlar boʻyicha yangiliklarni dars jarayoniga tadbiq etishda axborot va pedagogik texnologiyalaridan samarali foydalanish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim va tarbiyaning innovatsion jarayonlarini amalga oshirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.



Olima sharqona oila, oilada tadbirkorlik koʻnikmalarini tarbiyalash shu bilan birga oila farovonligini oshirish, kasanachilikni rivojlantirishga xotin-qizlarni jalb qilish, sogʻlom turmush madaniyati oilada xotin-qizlarning tutgan oʻrni farzand tarbiyasida oʻzbekona urf-odatlar va udumlarni saqlab qolinishi orqali barkamol farzandlarini voyaga yetkazishni keng xalq ommasi oʻrtasidagi jonkuyar targʻibotchisidir.



G.M.Shadiyeva ma’sul lavozimlarda ishlash bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham faol shugʻullanib kelgan.



Natijada 2001-yilda 08.00.04 “Mikroiqtisodiyot” ixtisosligi boʻyicha “Oila xoʻjaligi mulki va daromadini koʻpaytirish yoʻllari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2008-yilda 08.00.05. «Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi boʻyicha “Oila xoʻjaligi farovonligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillarni va servisni rivojlantirish muammolari” nomli mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib fan doktori ilmiy darajasini olgan. 2009-yili 28-mayda xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvonini olishga erishdi. G.M.Shadiyeva yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqda.



250 dan ortiq maqolalar mamlakatimiz va xorijiy ilmiy jurnallarda, ilmiy toʻplamlarda chop qilingan. 4 ta monografiya, 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta ilmiy risola, bir qancha oʻquv adabiyotlari, o’quv-uslubiy ishlar chop etilgan. Ilmiy maqolalari bugungi kunda O’zbekiston uchun dolzarb bo’lgan oila farovonligini oshirish tadbirkorlik faoliyati, kichik biznes, ishsizlik muammolari, iqtisodiyotni erkinlashtirish, kasanachilikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligida yangi ish joylarini tashkil qilish muammolariga bagʻishlangan. Ilmiy tadqiqot ishlari amaliyotda va oʻquv jarayonida keng qoʻllanilmoqda.



G.M.Shadiyeva mamlakatimizda kasanachilikni rivojlantirish bilan ham shugʻullangan. Kasanachilik boʻyicha nafaqat ilmiy nazariy masalalar balki tashkil etishda ham jonbozlik bilan faoliyat koʻrsatgan. Olima oʻz malakasini uzluksiz oshirib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Inson resurslarini boshqarish” maxsus kursida malaka oshirgan. 2004 - yilning iyun - iyul oylarida Germaniyaning Manngeym shahrida xalqaro milliy rivojlantirish va malaka oshirish seminarida ishtirok etgan.



Shuningdek, 2006-yilning yanvar fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamgʻarmasi markazida “Ta’lim muassasalari boshqaruvi maxsus kursida, 2022-yilning 4-maydan-25-mayida Don davlat texnika universiteti Shaxta shahridagi filiali “Tadbirkorlik: oʻrta va kichik biznes” dasturi asosida 72 soatlik kursda masofaviy malakasini oshirdi. Guvohnoma № 612400007381, Roʻyxat nomeri 62.7- 25-328 (15-ilova).



Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan 24 soatga moʻljallangan “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish” masofaviy kursini toʻliq oʻzlashtirdi. Sertifikat raqami : 7-51036, 2022-yilning 10-maydan- 30-iyungacha AQSHning Gergia shtatida joylashgan EDUOPP Consulting jamoasi yordamida Georgia shtatida joylashgan universitetlar faoliyatini oʻrganish boʻyicha malaka oshirgan.



Yosh avlodga ta’lim tarbiya sohasida koʻrsatgan alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy va oʻrta maxsus ta’lim fidoyisi nishoni, shuningdek, mamlakatimizning ijtimoiy- siyosiy hayotidagi fidokorona mehnati, jamiyatimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan xizmatlari va jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeyini oshirish yo’nalishidagi xizmatlari uchun Respublika xotin-qizlar qoʻmitasining Faxriy Yorligʻi bilan taqdirlangan. Shuningdek, “Mustaqillikning 15 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.



Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Turmush oʻrtogʻi Shonazarov Shodiyor Tursunovich Oʻzshaharsozlik LITI” DUKda bosh arxitektor lavozimida ishlaydi. Oʻgʻli -  Shonazarov Elyor Shodiyorovich 1985-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan moliyaviy tahlilchi lavozimida ishlaydi. Oʻgʻli -  Shonazarov Farrux Shodiyorovich 1987-yilda

Samarqand viloyatida tugʻilgan. “Uztransgaz” AJ “Elektron savdolarni tashkil etish” bo’limi boshligʻi. Oʻgʻli - Shonazarov Farxod Shodiyorovich 1994 - yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. “Petropipe oil and gas” MCHJda bosh mutaxassis lavozimida ishlaydi.